“OLX”dagi soxta e’longa ishongan fuqaro 4.000 000 so’mga tushdi
Farg‘ona shahrida yashovchi 36 yoshli A.Sh. IIOga murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 4.000.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi 37 yoshli X.S. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, X.S., A.Sh. bilan telegram messenjerida tanishib, unga “OLX” platformasi orqali “Acer” rusumli kompyuter qurilma sotishini aytib, oldindan plastik kartasiga 4.000.000 pullarni o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uni qora ro‘yxatga kirgazib qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan X.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi ”g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi ”g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Sharhlar