Toshkentning Bektemir tumanida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB bayonot e’lon qildi.
Joriy yilning 16-iyun kuni taxminan soat 21.00 larda Bektemir tumani Chashma mahallasida istiqomat qiluvchi bir-biriga qo‘shni bo‘lgan fuqarolar o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashgan. Natijada ikki nafar fuqaro yengil darajadagi jarohat olgan. Janjalni ko‘rgan boshqa fuqarolar ularni ajratgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taminlanadi, deyiladi xabarda.
Ulashish:
Sharhlar