O‘zbekiston elchisi O‘monning neft va gaz sohasidagi yirik kompaniyasi rahbari bilan muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston elchisi Abdusalom Xatamov O‘monning OQ kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Mulxim al-Jaraf bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va O‘mon aloqalarining bugungi holati va istiqbollari, mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mazkur kompaniyaning yurtimizda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
O‘mon vakiliga O‘zbekistonda investitsiya sohasida olib borilayotgan islohotlar, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, taklif etilayotgan loyihalar haqida so‘zlab berildi.
OQ kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, yaratilgan qulay investitsiyaviy muhim va xorijiy investorlarga taqdim etilayotgan imtiyozlarni yuqori baholadi. U, shuningdek, taklif etilayotgan investitsiyaviy loyihalarga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokamasini davom ettirish to‘g‘risida kelishib oldilar.
OQ kompaniyasi nafaqat O‘monda, balki Osiyo-Tinch okeani, Yaqin Sharq, Yevropaga va Amerika mintaqalarida neft neft va gaz qazib olish bilan shug‘ullanadi. U 9 ta neft va gaz sohasida faoliyat yurituvchi yirik korxonalarni birlashtiradi.
Sharhlar