Onlayn omonat va’da qilgan sobiq bank xodimi va imtiyozli kredit olib berishini aytgan firibgar ushlandi
Departamentning Xiva shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.A. hududiy tijorat bank xizmatlari markazida ishlagan davrida 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, yillik 23 foiz ustama to‘lash sharti bilan onlayn omonat qo‘yishini aytib, ularning jami 124,1 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Shu kabi, Xiva shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro T.R. fuqaro J.Yu.ning ishonchiga kirib, unga hududiy tijorat banki filialidan 1,8 mlrd so‘m imtiyozli kredit olib berishini va’da qilib, evaziga 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar