“Tashabbusli budjet” jarayonining ikkinchi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Фото: Социальные сети

“Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yilgi II mavsumiga 6-iyuldan start beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Bunda:

  • Loyihalar kiritish: 6–26-iyul;
  • Loyihalarni saralash: 26-iyul–15-avgust;
  • Targ‘ibot qilish: 15–22-avgust;
  • Ovoz berish: 22-avgust–1-sentabr sanalari davomida o‘tkaziladi.

Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 mlrd 360 mln so‘mni tashkil etadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.