O‘zbekistonga besh oyda 7,4 ming nafar xorijliklar o‘qish maqsadida kelgan
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylarida jami 7,4 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming nafarga yoki 65,2 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasiga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
- Hindiston — 2 241 nafar;
- Turkmaniston — 1 937 nafar;
- Tojikiston — 950 nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi — 450 nafar;
- Pokiston — 273 nafar;
- Janubiy Koreya — 266 nafar;
- Xitoy — 266 nafar;
- Afg‘oniston — 147 nafar;
- AQSh — 132 nafar;
- Qozog‘iston — 122 nafar;
- Boshqa davlatlar — 618 nafar.
Ulashish:
Sharhlar