O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan TDIU Samarqand filial bosh muhandisi ushlandi
Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan bosh muhandis ushlandi, deb yozmoqda Departament matbuot xizmati.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, “Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali bosh muhandisi Sh.X. fuqarolar Sh.Ya. va X.K.ning ishonchiga kirib, ularni Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan”, – deyiladi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar