O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar qo‘lga tushdi
Ohangaron tumanida fuqaro I.T. fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida dalillar bilan ushlandi.
Kattaqo‘rg‘on shahrida Toshkent shahar temir yo‘l yuk hujjatlarini dasturga kiritish operatori S.E. fuqaro H.T.ning ishonchiga kirib, uning farzandini tanishlari yordamida Samarqand temir yo‘l texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga tushdi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar