O‘qituvchi 9-sinf o‘quvchisini darsdan chalg‘itganligi uchun do‘pposlagan

Foto: Ombudsman

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlarda “Oqqo‘rg‘on tumanida maktab o‘quvchisi informatika o‘qituvchisi tomonidan ayovsiz kaltaklangani aytilmoqda” sarlavhali videoga bildirgan munosabatida aytilishicha, voqea joriy yil 9-oktyabr kuni Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan 6-umumta’lim maktabda bo’lgan.

1990-yilda tug‘ilgan M.A ushbu maktabda informatika fanidan o’qituvchi sifatida dars berib kelgan. U  mazkur fandan qo‘shimcha dars o‘tayotgan vaqtda 9-sinf o‘quvchisi dars jarayonidan go‘yoki chalg‘itganligi tufayli o’quvchini haqorat qilib, urib, do‘pposlagan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Voyaga yetmagan Q.S ga nisbatan jarohat darajasini aniqlash bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Holat ombudsman tomonidan nazoratga olingan va qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan tashkilot xabarida.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.