Noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga 550 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
Joriy yilning birinchi yarmida Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 4 ming 537 ta isteʼmolchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy va qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.
- Unga ko‘ra noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 550 mlrd 290 mln so‘m zarar yetkazilganligi maʼlum bo‘ldi.
- Isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 3 ming 382 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi.
- Inspeksiyaning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida AYOQSH va korxonalardan olingan tahlil naʼmunalaridan 91 ta holatda 3 mln 789 ming litr neft mahsuloti sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olindi.
- Reaktiv energiyasini kompensatsiya qilinishi bo‘yicha quvvati 50 kVt va undan yuqori bo‘lgan isteʼmolchilarga 23 mingdan ziyod yozma ko‘rsatmalar berildi hamda 2 ming 923 ta isteʼmolchida reaktiv energiyasini kompensatsiya qilish bo‘yicha qurilmalarni o‘rnatilishi taʼminlandi. Berilgan yozma ko‘rsatmalarni bajarmagan 927 ta isteʼmolchiga maʼmuriy bayonomalar tuzildi.
- Energoauditorlar tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslari isteʼmolchilarini energetika tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan 67 ta dastur ko‘rib chiqilib, shundan 41 tasining kamchiliklari ko‘rsatilgan holda qaytarildi. Shuningdek, korxonalarda energoaudit tekshiruvi o‘tkazilishini jadallashtirish yuzasidan 375 ta korxonaga ko‘rsatmalar berildi.
Ulashish:
Sharhlar