O‘quv markazidagi texnika buyumlari o‘g‘rilandi
Uchtepa tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning may oyida, noma’lum shaxs o‘quv markazining kirish eshigini buzib kirib, telefon va noutbukni o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 30 yoshli Mirjalol K. aniqlanib, qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari davom etmoqda.
Ulashish:
Sharhlar