O‘quvchisini urgan o‘qituvchi bo’yicha ombudsman munosabat bildirdi
Avvalroq saytimiz orqali bu mavzuda xabar bergan edik. Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilib, munosabat bildirildi. Holat joriy yilning 16-may kuni Chilonzor tumanidagi Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan S.Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyida sodir bo‘lgan bo‘lib, 2007-yilda tug‘ilgan o‘quvchi J.M. ushbu fanga tayyorgarlik ko‘rmaganligi va o‘qituvchi M.A. bir necha bor ogohlantirsa-da, bola tartibga kelmaganligi uchun o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, o‘qituvchi o‘quvchining yuz qismiga qo‘li bilan qattiq urganligi aniqlangan.
Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu borada qo‘shimcha axborot berilishini bildirgan ombudsman.
Sharhlar