Orientation Day doirasida StartCamp Women boshlandi

U-Enterda bugun bo‘lib o‘tayotgan Orientation Day loyiha doirasidagi StartCamp Women ishtirokchilari bilan gavjum. Ushbu tadbir loyiha a’zolari bilan uchrashish, dasturning maqsad va vazifalari bilan tanishish hamda tadbirkor ayollarni o‘z biznesini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini qanday qo‘llab-quvvatlanishiga ajoyib imkoniyat bo‘ladi.

Tadbir davomida ishtirokchilar, murabbiy-trenerlar va tashkilotchilar bilan muloqot qilishlari barobarida ulardan mahorat darslariga ega bo‘lish bilan bir qatorda tavsiyalar olishi uchun keng imkoniyat yaratilgan.

StartCamp – bu tadbirkor ayollarga birinchi savdolariga erishish, mijozlarni jalb qilish va o‘z bizneslarini rivojlantirishga yordam berish uchun mo‘ljallangan intensiv trening va murabbiylik dasturi hisoblanib, u qator imkoniyatlarni taqdim eta oladi.

Dastur Iqtisodiyot va Moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtirilgan “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi ko‘magida U-Enter Innovatsiya Markazida amalga oshirilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.