Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Tursunov Otabek Ravshanbek o‘g‘li Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar bermoqda.
Otabek Tursunov 1984-yilda Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2007-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Tursunov ilk mehnat faoliyatini Andijon shahar “Sanoat qurilish temp” MCHJ taʼminotchisi vazifasidan boshlagan. Faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Viloyat hokimi raisligida o‘tgan navbatdagi faollar yigʻilishida Otabek Tursunov yangi rahbar sifatida tanishtirildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Sharhlar