O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosi yonib ketgani haqidagi xabarlarga izoh berildi
“O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosi yonib ketdi, deya ayrim ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. To‘g‘ri, suv purkalishi evaziga binoning tom qismiga qisman zarar yetgan, lekin bu ham aytarli darajada emas”. Bu haqda O‘zAga O‘rmon xo‘jaligi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, agentlik binosi katta talofat ko‘rmagan. Yong‘in chiqqan universitet binolariga esa birmuncha ziyon yetkazilgan. Ayni paytda mutaxassislar guruhi voqea joyida ish olib bormoqda. Tez orada yong‘in kelib chiqish sabablari, yong‘in asli qayerdan boshlangani, yetkazilgan ziyon, asl holat haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 30-sentabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan soat 21:36 da qurshab olingan va soat 22:10 da batamom o‘chirilgan.
Sharhlar