Ortiqcha hisoblangan 75 mln so‘m uchun “Toshkent shahar suv ta’minoti”ga qarshi ish qo‘zg‘atildi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJga nisbatan 75 million so‘mga yaqin mablag‘ni ortiqcha hisoblagani uchun ish qo‘zg‘atdi.
Qo‘mita matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, “Toshkent shahar suv ta’minoti” va Uzcarlsberg o‘rtasida shahar kanalizatsiya tizimiga tashlanadigan oqava suvlar hajmiga 68 foizlik koeffitsiyent belgilovchi kommunal-ekologik me’yoriy hujjat tuzilgani ma’lum bo‘ldi.
Biroq korxonaga 76 foizlik koeffitsiyent qo‘llanilib, 75 million so‘m ortiqcha to‘lanishiga olib kelgan.
Qo‘mita tomonidan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasida tabiiy monopoliya sub’ektlariga tovarlardan foydalanish shartlarini qo‘yish yoki iste’molchilarni kamsitish yoki belgilangan narxlar va tariflarga kiritilmagan yig‘imlar undirish yo‘li bilan daromad olishga olib keladigan harakatlarni amalga oshirish taqiqlanganligi yuzasidan ish qo‘zg‘atilgan.
Sharhlar