“Osiyo bolalari” o‘yinlaridagi medallar soni 18 taga yetdi
Suzish, mast-restling kabi sport turlarida esa sportchilarga omad kulib boqmadi.
Shunday bo‘lsa-da ortda qolgan sambo va taekvondo musobaqalaridagi muvaffaqiyat tufayli o‘zbekistonlik sportchilar 6 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medali hisobiga umumjamoada yetakchilikni davom ettirmoqda.
Uchinchi kungi o‘yinlar dasturidan o‘rin olgan mini-futbol bahslari qiziqarliligi bilan ko‘plab muxlislar diqqat-markazida bo‘ldi.
O‘zbekiston mini-futbol terma jamoasi a’zolari ilk uchrashuvni Sibir federal okrugi vakillariga qarshi o‘tkazdi.
Mazkur o‘yin 9:5 hisobida o‘zbekistonlik sportchilar g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Osiyo bolalari” o‘yinlarining to‘rtinchi kungi bellashuvlarida yoshlar sport kurashlari, yengil atletika, mast-restling, suzish kabi qator sport turlarida ishtirok etadi.
Musobaqalar 7 iyulga qadar davom etadi.
Sharhlar