Osiyo chempionatining 4-kuni 3 g‘alaba bilan yakunlandi
Tailandda boks boʻyicha Osiyo chempionatining toʻrtinchi kuni o‘z yakuniga yetdi. Kun davomida sportchilarimiz 3 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyatni qayd etishdi.
-48 kg vazn toifasida Shodiyorjon Meliqo‘ziyev Tailandlik Nathangpong Thuamcharoyenni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
-51 kgda Asilbek Jalilov Mo‘g‘ulistonlik Davadorj Likhagvadorjni 4:1 hisobida yengdi.
-63 kg vazn toifasida Dilfuza Bekova Qozog‘istonlik Aida Abikeyeva bilan bellashib, 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
-66 kgda esa Navbahor Hamidova Tailandlik Janjayem Suvannaphengni 5:0 hisobida yengdi.
Shu tariqa, chempionat davomida sportchilarimiz yaxshi natijalar qayd etmoqda.
Ulashish:
Sharhlar