O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 11 ta o’zbekistonlik sportchilardan 10 tasi shohsupaga ko’tarildi

Foto: Olympic.uz

Koreya Respublikasining Mungyong shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning ilk kunida 11 nafar hamyurtimiz tatamiga chiqqan bo‘lsa, yakunda ulardan 10 nafari shohsupaga ko‘tarildi. Birinchi kun dasturida yurtdoshlarimiz 4 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Batafsil:

Oltin medal:
-40 kg: Dinara Hasanova
-44 kg: Dilnoza Hamidova
-50 kg: Xushnudbek Burxonov
-60 kg: Muhammad Masharipov

Kumush medal:
-52 kg: Nigina Umrzoqova
-55 kg: Muhammad Nosirov
-60 kg: Bahrom Asadov
-66 kg: Umrzoq Qurbonmurodov

Bronza medal:
-48 kg: Nargiza Do‘stmamatova
-55 kg: Dilshod Karimov

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.