Turkiyada ota-ona qarovisiz qolib ketgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi
Xorijdagi vatandoshlarimizga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish tadbirlari doirasida Turkiyada ota-onasining qarovisiz qolib ketgan 3 nafar voyaga yetmagan bolalar vatanimizga qaytarilishiga erishildi, deb xabar bermoqda O‘zbekistonning Istanbuldashi bosh konsulxonasi.
Jumladan, turli sabablar tufayli ota-onasining qaromog‘idan mahrum bo‘lgan 16 yoshli va 6 yoshli 2 nafar qizlar va 11 yoshli 1 nafar o‘g‘il bola yaqin qarindoshlarining murojaatlari asosida Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yil 2-oktabr kuni mas’ul xodimlarning kuzatuvi ostida Toshkent shahriga yuborildi.
Muassasa ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlarini xorijiy davlatlarda nazoratsiz qoldirmaslik, befarq bo‘lmagan fuqarolarimizdan esa chet elda qarovsiz qolib ketgan bolajonlar to‘g‘risida zudlik bilan O’zbekiston Respublikasining xorijiy diplomatik vakolatxonalariga xabar berishni so‘rab qoldi.
Sharhlar