Toshkentdagi to‘rtta OTMga yangi rahbarlar tayinlandi

Фото: Twitter

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan, Toshkentdagi to‘rtta oliy ta’lim muassasasiga rahbarlar tayinlandi, deb xabar bermoqda Bosh vazir matbuot xizmati.

Viktor Veniaminovich Nam Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori lavozimdan ozod qilindi va uning o‘rniga Agrippina Vasilevna Shin tayinlandi.

Qahramon Tanzilovich Olimov Toshkent shahridagi “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialining ijrochi direktori lavozimdan ozod qilindi. Uning o‘rniga Viktor Veniaminovich Nam tayinlandi.

Eldar Sadikovich Yuldashev Toshkent shahridagi “S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialining direktori lavozimdan ozod qilindi. Uning o‘rniga Iqbol Mamasodiqovich Meliqo‘ziyev tayinlandi.

Eldor O‘ralovich Shermanov Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori – rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib 6 oy sinov muddati bilan tayinlandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.