Ov qilayotgan chiyabo’rilar fotoqopqonga tushdi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Orolbo‘yi” milliy tabiat bog‘i hududida o‘rnatilgan fotoqopqonga ov qilayotgan chiyabo’rilar guruhi muhrlandi.
Chiyabo’ri — yirtqichlar turkumining itsimonlar oilasiga mansub sutemizuvchi hayvon. Bo’ridan kichikroq, tana uzunligi 71 dan 85 sm gacha, dumining uzunligi 20 dan 36 sm gacha, og‘irligi 7 dan 13 kg gacha bo‘ladi. Ovqatlanishi boshqa yirtqichlarnikidan farq qiladi: shoqollar turli hayvonlar va o’limtiklar, ba’zan hatto o’simliklar bilan oziqlanadi.
Bugungi kunda “Orolbo‘yi” milliy tabiat bog‘i hududida 50 dan ortiq shoqol ro‘yxatga olingan.
Avvalroq, qizil kitobga kiritilgan jayronlar yashirin kameraga tushib qolganligi haqida xabar bergan edik.
Sharhlar