Oybek Kasimov OOK Etika qo‘mitasi a’zoligiga saylandi
Nyu-Deli mezbonlik qilayotgan Osiyo Olimpiya kengashi (OOK)ning 44-Bosh Assambleyasida tashkilotning tarkibiy qismlariga ham saylovlar o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgan edik. Unga ko‘ra, O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov OOKning Etika qo‘mitasi a’zoligiga saylandi.
Ma’lumot uchun, mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos bo‘lgan Oybek Omilovich avval ham ushbu sohada samarali mehnat qilgan. Xususan, bir vaqtda Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Yuridik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O.Kasimov endilikda osiyolik atletlar, yirik sport tadbirlariga mezbonlik qiladigan shaharlarning haq-huqularini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida ham o‘z bilimlarini ishga soladi.
Avvalroq, Otabek Umarov Osiyo Olimpiya kengashining Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti etib saylanganligi haqida xabar bergan edik.
Sharhlar