Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi

Foto: Ahnoh.uz

Oybek Shaxavdinov qarorgohi Budapeshtda boʻlgan Oʻzbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi boʻldi, deb xabar qildi Oʻzbekistonning Vengriyadagi elchixonasi.

24-oktabr kuni Shaxavdinov ishonch yorliqlari nusxalarini Sloveniya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi Diplomatik protokol departamenti boshlig‘i Natasha Praxga topshirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.