Oybek Shaxavdinov О‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi

Фото: https://t.me/Uzbekistan_Budapest

Oybek Shaxavdinov qarorgohi Budapeshtda bo‘lgan О‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi bo‘ldi, deya xabar beradi О‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi.

24-oktyabr kuni Shaxavdinov ishonch yorliqlarining nusxalarini Sloveniya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi Diplomatik protokol departamenti boshlig‘i Natasha Praxga topshirgan.

Shuningdek, О‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ham muhokama qilingan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.