O‘zbekistonda oylik, pensiya va nafaqalar oshiriladi
“Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali.
Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-sentabrdan pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi.
Bunda:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;
- nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib belgilandi.
Shuningdek, 2024-yil 1-oktabrdan:
- budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi;
- budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi;
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;
- bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilandi.
Ulashish:
Sharhlar