Moskvada bir guruh o‘zbekistonliklarning 140 mln so‘m oylik maoshi undirib berildi
Moskva shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar “Megatron” korxonasi oylik maoshlarini bermayotgani yuzasidan murojaat qilgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 11 nafar o‘zbekistonlikning 950 ming rubl (140 million so‘mdan ziyod) oylik maoshi ish beruvchidan undirib berildi.
Ulashish:
Sharhlar