Ozarbayjon Prezidenti Toshkentga yetib keldi

Фото: https://t.me/hidoyatov_bsh/522

22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.