Ozarbayjon Xitoydagi J-10C qiruvchi samolyotiga Xitoydagi aviasalonda qiziqib qoldi
Ozarbayjon harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni, general-leytenant Namig Islomzoda Xitoydagi aviashouda F-16 ning modernizatsiya qilingan versiyasi bo‘lgan Xitoyning J-10C qiruvchi samolyotiga qiziqish bildirdi, deb yozadi Eurasia Times.
J-10C ga Ozarbayjondan tashqari Eron, Pokiston va Misr ham qiziqish bildirgan. Ushbu qiruvchi Xitoy harbiy texnikasini Yaqin Sharq mintaqasida ilgari surish uchun muhim vositaga aylanishi mumkin.
Ozarbayjon avvalroq Xitoy bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan 24 ta J-17 samolyotiga buyurtma bergan bo‘lsa, birinchi ikkitasi 2024-yil sentabrida yetib borgan.
Ulashish:
Sharhlar