O‘zbekiston 55 ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-may oylarida qiymati qariyb 1,3 mlrd AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan, deb yozmoqda agentlik matbuot xizmati.
Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 11,8 % ini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 % ga oshgan.
“Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (37,6 %), kalava-ip (46,8 %) asosiy ulushni egallagan”, – deyiladi xabarda.
2024 yilning yanvar-may oylarida dunyoning 55 ta davlatiga to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
Ulashish:
Sharhlar