O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston transport koridorini rivojlantirish masalasi muhokama etildi
29-iyun kuni poytaxtda Pokiston va O‘zbekistonning yetakchi transport-ekspeditorlik kompaniyalari ishtirokida Logistika forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport koridori orqali ikki tomonlama va tranzit yuk tashuvlariga qulay sharoitlar yaratish, mavjud to‘siqlarni birgalikda bartaraf etish hamda o‘zaro manfaatli strategik hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.
Forum davomida Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi takliflarni ilgari surdi:
- yuk tashuvlarida undiriladigan yig‘imlarni kamaytirish va ularni har bir davlat hududida paritet asosida belgilash;
- yo‘nalish bo‘ylab yuklarni sug‘urtalash mexanizmini ishlab chiqish va sug‘urta uchun to‘lanadigan to‘lovlarni jahon tajribasiga asosan belgilash;
- yuklarni tashuv jarayonida xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq mexanizmni ishlab chiqish;
- tashuv jarayonida yuklarni ortish va tushirish operatsiyalari sonini kamaytirish;
- og‘ir va nogabarit yuklarni yo‘lak bo‘ylab tashuvlarida aniq yo‘nalishlarni belgilash va mazkur tashuvlarni tashkil etish uchun normativ hujjat ishlab chiqish;
- yuk tashuvlari jarayoniga raqamlashtirishni keng joriy qilish;
- mazkur transport koridorining “yuragi” hisoblangan Salang dovonining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish bo‘yicha birgalikda o‘rganishlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish.
Ulashish:
Sharhlar