Fuqarolarga aloqa va internet xizmatlari uchun to‘lagan 115 million so‘m pullari qaytarildi
2024-yilning 9 oyi davomida telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha Raqobat qo‘mitasiga 2 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan va ular o‘rganilganida, 115 mln so‘m mablag‘ iste’molchilardan ortiqcha olinganligi ma’lum bo’lgan va qaytarilishi ta’minlangan.
Murojaatlarda asosan, aloqa sifatining qoniqarsizligi, hisob-kitoblarning noto‘g‘ri yuritilishi va ortiqcha qarzdorlik hisoblanishi, abonent roziligisiz qo‘shimcha xizmatlarga hamda reklama maqsadidagi SMS xabarlar yuborilayotganligi, shu jumladan pullik kontent xizmatlarga ulab qo‘yilganligi, qo‘shimcha moliyaviy va savdo xizmatlari ko‘rsatishda shartnoma shartlarini va tovar yetkazib berish muddatlarini buzilishi, xizmat narxlarining va tarif shartlarining o‘zgarganligi (oshishi) kabi muammolar bildirilgan.
Raqobat qo‘mitasi iste’molchilarning huquqlarini ta’minlash va qonunbuzilishlarning oldini olish maqsadida, telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlar, shu jumladan, mobil aloqa operatorlarini bunday xatoliklarga yo’l qo’ymasliklari uchun ogohlantirdi.
Sharhlar