O‘zbekiston Boks terma jamoasi murabbiyi To‘lqin Qilichev yurak hurujini boshidan o‘tkazdi
Buyuk Britaniya jamoasi yordamchi shtabining ikki shifokor a’zosi boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyining hayotini saqlab qolishga yordam berganidan so‘ng Olimpiada qahramonlari sifatida paydo bo‘lishdi, deb yozadi The Guardian.
To‘lqin Qilichev payshanba kungi Hasanboy Do‘smatovning jangidan keyin oltin medal olganini nishonlash paytida, yuragi huruj qilib qoladi. Qilichevning baxtiga, GB boks shifokori Xarj Singx va fiziolog Robbi Lillis ham ana shu yerda bo’lgani va unga birinchi yordamni berishgani bo’lgan. Shifokor Singx yurak massajini va Lillisni defibrilator yordamida jarayonni amalga oshiradilar va uning hayotini saqlab qolishadi.
Lillis shunday dedi: “[O’zbekiston] murabbiylar jamoasi isinish maydoniga qaytib kelishdi va ularning barchasi bayram qilishdi, keyin esa o’sha hududdan umuman bayramga hos bo’lmagan baqiriqlar eshitildi. Doktor, yordam degan faryod eshitildi. Harj javob bergan birinchi odam edi va men o’zimiz bilan olib yuradigan favqulodda travma sumkasi bilan ergashdim, – deya so’zida davom etgan u. Xarjdan 30 soniya o’tib kelganimda, u allaqachon murabbiyda yurak massajini bajarishni boshlagan edi”.
Ayni paytda Qilichev kasalxonaga yotqizilgan, uning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda. GB jamoasi tibbiy xodimlarining barchasi Buyuk Britaniya Sport Institutida muntazam mashg’ulotlar o’tkazadilar, shu jumladan, ularni bunday vaziyatga tayyorlash uchun jarohatlar kursi ham amalga oshiriladi.
Sharhlar