,

Oʼzbekiston delegatsiyasi BRIKSning 10-parlamentlararo forumida ishtirok etdi

Oʼzbekiston parlament delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida oʼtkazilgan BRIKSning 10-parlamentlararo forumida ishtirok etdi.

Parlamentning global rivojlanish va xavfsizlik, iqtisodiy va gumanitar hamkorlik masalalarini hal etishdagi roli – bu yilgi muhokamalar mavzusiga aylandi.

BRIKSning parlamentlararo muloqot maydonida Oʼzbekistonning bugungi kunda xalqaro darajadagi ochiqlik siyosati, olib borayotgan islohotlari haqida soʼz yuritildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari O’zbekistonnning dunyo xalqlari oʼrtasida doʼstlik va oʼzaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi rolini taʼkidlab, Samarqand shahrining MDH davlatlari madaniy poytaxti maqomini olganini eʼtirof etdilar.

“Tadbir davomida istiqbolli rejalar, parlamentlararo aloqalarni faollashtirish orqali savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilm-fan yoʼnalishlarini rivojlantirish bilan birga yoshlar oʼrtasida tajriba va bilim almashishga koʼmaklashuvchi dasturlarni amalga oshirish uchun aniq qadamlarni taklif etdik”‘ – deyiladi xabarda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.