Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij-2024 Olimpiyadasida ishtirok etish uchun Parijga jo’nab ketdi
Oʻzbekiston rasmiy delegatsiyasi Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun Fransiya poytaxtiga jo’nab ketdi. Delegatsiya Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kuzatib qoʻyildi. Sportchilar “Dream Liner” bortida Parij tomon yoʻl oldi.
Maʼlumot uchun, boʻlajak Olimpiya oʻyinlari rasman 26-iyul – 11-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. O’zbekiston delegatsiyasi futbolchilari o’z ishtirokini ertaga Ispaniyaga qarshi o’yini bilan boshlaydi.
Bo’lajak Olimpiya o’yinlariga Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz tarixida ilk bor 19 sport turida 90 nafar sportchi bilan 75 ta litsenziya qoʻlga kiritgan. Sportchilar futbol, kamondan otish, suvga sakrash va ayollar kurashi dasturlarida Olimpiya oʻyinlarida debyut qiladi.
Sharhlar