O‘zbekiston ilk bor dunyodagi yirik to‘qimachilik va moda sanoati xalqaro tadbiriga mezbonlik qiladi

O‘zbekistonda birinchi marotaba dunyodagi ikkita yirik to‘qimachilik assotsiatsiyasining birinchi qo‘shma konferensiyasini- “ITMF Annual Conference va IAF World Fashion Convention-2024” xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilar Federatsiyasining yillik konferensiyasi va xalqaro kiyim ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasining jahon moda konvensiyasi o‘tkaziladi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Innovatsiya, hamkorlik va tartibga solish — to‘qimachilik sanoati va tekstil sohasini harakatlantiruvchi kuchlari” deb nomlangan tadbirda 500 dan ortiq soha mutaxassislari, yirik xalqaro to‘qimachilik kompaniyalari, brendlar, moliya institutlari va chakana savdo vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

ITMF kengashining 3 kunlik konferensiyada rasmiy biznes dasturi doirasida ishtirokchilar sanoatga sun’iy intellektning ta’siri, ishlab chiqarishni raqamlashtirish, xalqaro tartibga solish, barqaror rivojlanish va ta’minot zanjirlarini optimallashtirish kabi muhim masalalarini muhokama qiladilar.

Ushbu konferensiyaning avvalgi yillardagidan farqi shundaki, sentyabrda bo‘lib o‘tadigan  qo‘shma konferensiyasida hozirgacha 250 dan ziyod mamlakat ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, umumiy hisobda 500 ga yaqin davlatlar ishtirok etishi kutilmoqda. O‘tgan yil Xitoyda bo‘lgan ayni tadbirga 170 ta davlat ishtirok etganini hisobga olsak, dunyo hamjamiyatida O‘zbekistonning o‘rni va mavqeyi qanchalik ko‘tarilganini bilish mumkin.

“Samarqandda bunday miqyosdagi tadbir o‘tkazilayotgani O‘zbekistonning global to‘qimachilik ta’minoti zanjiridagi tobora ortib borayotgan rolini ko‘rsatadi. O‘zbek paxtasini ko‘p yillik boykot qilishdan so‘ng, tom ma’noda ikki yil ichida biz xalqaro hamkorlarimiz doirasini sezilarli darajada kengaytirib, oldinga katta qadam tashladik. 2023-yilda mamlakat to‘qimachilik sanoati 75 dan ortiq mamlakatlarga taxminan 3,5 milliard dollarlik mahsulot eksport qildi va 2026-yilga kelib biz eksport hajmini 6,5 milliard dollarga oshirishni rejalashtirmoqdamiz va kuchli xalqaro sheriklar bilan aloqalarni mustahkamlash ushbu maqsadga erishishda muhim rol o‘ynaydi”, – dedi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Mirmuhsin Sultonov matbuot anjumanida.

Xalqaro konferensiya g‘oliblarining e’lon qilish va TMF Awards va ITMF Start-up  Award mukofotlarini taqdirlash bilan yakunlanadi, unda 2024-yilda sanoatning eng ajoyib yutuqlari va innovatsiyalarini nishonlash rejalashtirilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.