O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha aralash jamoalar dasturida bronza medalini qo‘lga kirita olmadi
Dzyudochilar 2024-yilgi Olimpiada o‘yinlaridagi ishtirokini dzyudo bo‘yicha aralash jamoalar dasturida “Janubiy Koreya 4 – 2 O‘zbekiston” hisobida yakunladi.
Gulnoza Matniyozova takrorlash bosqichidagi jangini muvaffaqiyatli yakunladi. Davlat Bobonov raqibiga imkoniyatni boy berdi. Irisxon Qurbonboeva mag‘lub bo‘ldi. Alisher Yusupov raqibiga imkoniyatni boy berdi. Diyora Keldiyorova Koreya vakilini ippon bilan mag’lub etib, jamoasiga bir ochko qo’shib oldi. Uzoq davom etgan bahsda Murodjon Yo‘ldoshev Rio—2016 Yozgi Olimpiada o‘yinlari finalchisi An Baulga imkoniyatni boy berdi.
Ulashish:
Sharhlar