O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi
1-mart kuni 05:22 da O‘zbekistonda zilzila qayd etildi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Epitsentr Farg‘ona viloyatining Quva tumanida joylashgan.
Magnituda — 3,5, chuqurlik — 11 km. Epitsentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa — janubi-sharqiy yo‘nalishda 257 km.
O‘zbekiston hududida yer osti silkinishlari kuchi Quva tumanida 3 ballga, Marhamat, Toshloq, Asaka, Shahrixon tumanlarida hamda Quvasoy va Farg‘ona shahrida 2 ballga teng bo‘ldi.
Ulashish:
Sharhlar