O‘zbekiston huquq ustuvorligi indeksida 78-o‘rinni egalladi

Foto: xabar.uz

Indeksni tuzishda dunyoning 140 ta davlatidan 150 mingdan ortiq uy xo‘jaligi va 4 mingga yaqin huquqshunos o‘rtasida so‘rov o‘tkazilgan hamda qonuniylik darajasi baholangan.

O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida Xitoy, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarni ortda qoldirib, 140 ta davlat orasida 78-o‘rinni egalladi.

Huquq ustuvorligi indeksi har yili World Justice Project xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tuziladi. Indeksni tuzishda dunyoning 140 ta davlatidan 150 mingdan ortiq uy xo‘jaligi va 4 mingga yaqin huquqshunos o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi hamda qonuniylik darajasi baholandi.

Indeks 8 ta indikatorni, jumladan, hokimiyat vakolatlarining cheklanganligi, korrupsiyadan xolilik, davlat institutlari faoliyatining ochiqligi (shaffofligi), asosiy huquqlarni himoya qilish, tartib va xavfsizlik, huquqni muhofaza qilish, fuqarolik va jinoiy odil sudlov kabilarni o‘z ichiga oladi.

Qayd qilinishicha, joriy yilda O‘zbekistonning barcha 8 ta indikator bo‘yicha ko‘rsatkichlari yaxshilangan.

Ma‘lumot uchun, Adliya Vazirligi matbuot kotibi Sevara Urinbayeva 2022-yil 30-oktabrda bergan ma‘lumotida ham O‘zbekiston umumiy ro‘yxatda Serbiya, Albaniya, Xitoy, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarni ortda qoldirib, 140 ta davlat orasida 78-o‘rinni egallagan bo‘lgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.