O‘zbekiston – Markaziy Osiyoda pensiyaga chiqish yoshi eng past bo‘lgan davlat
Bugungi kunda, Markaziy Osiyo davlatlarida pensiyaga chiqish yoshi – ayollarda 55 yoshdan 61 yoshgacha, erkaklarda esa 60 yoshdan 63 yoshgacha bo‘lgan yoshni tashkil etmoqda.
Xususan, 2024-yil iyul oyi holatiga ko‘ra:
O‘zbekistonda – erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yoshdan;
Qozog‘istonda – erkaklar 63 yosh, ayollar 61 yoshdan;
Qirg‘izistonda – erkaklar 63 yosh, ayollar 58 yoshdan;
Tojikistonda – erkaklar 63 yosh, ayollar 58 yoshdan;
Turkmanistonda – erkaklar 62 yosh, ayollar 57 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega.
Avvalroq, O‘zbekiston “Allianz Pension Ranking 2023” pensiya reytingidagi 75 ta mamlakatlar qatorida 71-o‘rinni egallagani va pensiya yoshi qayta ko‘rib chiqilishi taklif etilayotgani haqda xabar bergan edik.
Sharhlar