O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi ramzini yangiladi

Фото: ЦИК

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining yangi rasmiy ramzi tasdiqlandi. Rasmiy ramz hozirga qadar amalda bo‘lgan MSK emblemasi o‘rniga joriy etildi.

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi navbatdagi majlisida tegishli qaror qabul qilindi.

Qaror bilan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy ramzi namunasi va tavsifi, shuningdek, undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.

Markaziy saylov komissiyasining ma’muriy binosi, tegishli jihozlari, rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, mobil ilovalar va boshqa joylarda foydalanilayotgan eski namunadagi emblemani yangi namunadagi rasmiy ramzga o‘zgartirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Markaziy saylov komissiyasining yangi namunadagi rasmiy ramzidan boshqa tashkilotlar foydalanishi uchun uning elektron shakllari rasmiy veb-saytga joylashtirildi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.