О‘zbekiston MSK saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiya – DIIHB tavsiyalarini joriy etish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqdi

Фото с сайта verelq.am

28-oktyabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) ningDemokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) va YeXHT Parlament assambleyasi (PA)ning saylovlarni kuzatish missiyasi 27-oktyabr kuni О‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarining dastlabki natijalari va xulosalari bo‘yicha bayonotini taqdim etdi.

Missiya tarkibiga Toshkentda joylashgan 17 nafar asosiy guruh ekspertlari va butun О‘zbekiston bo‘ylab joylashtirilgan 26 nafar uzoq muddatli kuzatuvchilar kirdi. Saylov kuni 33 davlatdan 322 nafar kuzatuvchi, jumladan DIIHBdan 223 nafar uzoq muddatli va qisqa muddatli kuzatuvchilar hamda YeXHT PAdan 56 nafar delegat jalb etildi.

Ro‘yxatga olingan beshta siyosiy partiyaning barchasi qonunda ko‘zda tutilgan teng sharoitlarda saylovoldi tashviqotini erkin o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi, deya e’tirof etadi YeXHT ekspertlari.

Shu bilan birga, kuzatuvchilarga ko‘ra, partiyalarning saylovoldi tashviqotlari sust kechgan va hukmron partiyaga yoki bir-birining siyosatiga qarshi chiqmagan.

DIIHB barcha darajadagi saylovlarga va belgilangan muddatlarga rioya qilgan holda tayyorgarlik ko‘rish samaradorligini ta’kidladi.

Kuzatuvchilar MSK majlislarining real vaqt rejimida translyatsiya qilinishi va uning qarorlari zudlik bilan e’lon qilinishi shaffoflikka xizmat qilganini qayd etadi.

2023 yilgi Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar muomalaga layoqatsiz deb topilgan va ozodlikdan mahrum etilgan fuqarolarning saylov huquqlariga qo‘yiladigan umumiy cheklovlarni bekor qildi, bu xalqaro standartlarga mos keladi va DIIHBning avvalgi tavsiyalariga javob beradi, deyiladi hujjatda.

YeXHT ayollarning saylov huquqlari kengayganini ijobiy baholadi. “Ushbu saylovlarda ayollar uchun gender kvotasi 30 foizdan 40 foizga oshirildi. Ayollar Qonunchilik palatasidagi 150 o‘rinning 47 tasini egallab, nomzodlarning 45 foizini tashkil qildi”, — deydi kuzatuvchilar.

Hujjatda aytilishicha, DIIHBning avvalgi tavsiyasiga javoban, ovoz berish huquqi bo‘yicha shikoyat berish uchun yig‘imlar bekor qilingan. Saylov komissiyalari va ma’muriy sudlar tomonidan saylovga doir nizolarni ko‘rib chiqish muddatlari ilg‘or xalqaro tajriblarga mos keladi.

saylov komissiyalariga kelib tushgan barcha shikoyatlarni maxsus reestrda majburiy ro‘yxatga olish, shuningdek, komissiyalar tomonidan qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida shikoyatchilarni xabardor qilish va qarorlar qabul qilinganida ularning hozir bo‘lishiga imkon berish talabi DIIHBning oldingi tavsiyalariga mos keladigan bosqichma-bosqich o‘zgarishlar hisoblanadi.

Shuningdek, DIIHB bir necha marta ovoz berish va saylov kampaniyasi uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilganini qayd etadi.

Barcha partiyalar vakillari o‘rtasida haftada besh marta debatlarni birgalikda tashkil etib, jonli efirda namoyish etgan beshta xususiy telekanalning tashabbusi ijobiy baholandi. Mutaxassislar О‘zbekiston tarixida ilk bor axborot sayti tomonidan saylovoldi debatlari tashkil etilganiga ham e’tibor qaratadi.

Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, bahs-munozaralar nomzodlarga o‘z fikrlarini bildirish va kun tartibini muhokama qilish uchun yaxshi platforma bo‘lgan. Shu bilan birga, missiyaning fikricha, translyatsiya vaqti – 17:00, va undan keyinroq praym-taym – munozaralar uchun potentsial auditoriyani kamaytirgan.

Dastlabki bayonotda ayrim kamchiliklar ham ko‘rsatilgan. Xususan, mahalla qo‘mitalari saylov jarayonining turli jabhalarida faol ishtirok etayotgani, partiyalarga aloqasi bo‘lmagan nomzodlarni ko‘rsatish imkoniyati yo‘qligi va boshqalar qayd etilgan.

Missiya О‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan DIIHB tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani hamda saylov islohotlarini davom ettirish niyatlari haqida ma’lum qilinganini mamnuniyat bilan qayd etadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.