O‘zbekiston Netflix, Universal Pictures, Paramount Pictures kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi
O‘zbekiston chegirmalarning imtiyozli tizimini takomillashtirish va Universal Pictures, Paramount Pictures va Netflix kompaniyalari bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda Strategik islohotlar agentligi matbuot xizmati.
“Rebate” tizimi – bu O‘zbekistonda xorijiy kinokompaniyalar tomonidan filmlar suratga olinganda xarajatlarning bir qismini qaytarish va boshqa imtiyozlar berishdir. Misr hukumati kino prodyuserlari uchun bir qator imtiyozlar berilgani ushbu tizim muvaffaqiyatli amalga oshirilganiga yaqqol misol bo’la oladi.
Xususan, suratga olish joylariga 30% chegirma, mamlakat ichida joylashuv xarajatlari uchun 20% subsidiya. Butun suratga olish jarayoni davomida kinokompaniya import bojlari va daromad solig’idan ozod qilingan.
Sharhlar