Oʼzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʼistonga joʼnab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozogʼiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning taklifiga binoan 3-iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga joʼnab ketdi.

Tadbirlarda ShHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinadi.

Oʼzbekiston Prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʼtkazadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.