Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodga jo‘nab ketdi

Foto: prezident.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 11-noyabr kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Ar-Riyod shahrida navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.