O‘zbekiston qachon elektr va gazning ulgurji bozoriga o‘tadi?
O‘zbekiston 2028-yilgacha elektr va gaz ulgurji bozoriga o‘tishini to’liq yakunlaydi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.
“Albatta, o‘z ishlab chiqarishimiz bor, lekin ayni paytda import qilamiz. Biz endi iqtisodiy o‘sishni ham, iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirishdan kutilayotgan natijalarni ham hisobga olishimiz kerak”, — dedi u.
O‘zbekiston ulgurji elektr energiyasi bozoriga o‘tishini 2027-yilda, tabiiy gazni esa 2028-yilda yakunlashini rejalashtirilmoqda.
Iqtisodiyot vazirligi rahbari energetika bozorini isloh qilish, samaradorlikni oshirish va tabiiy gaz yo‘qotishlarini kamaytirishning elementi sifatida O‘zbekistonda gaz taqsimlash tarmoqlarini davlat-xususiy sheriklik mexanizmi orqali xususiy sektorga o‘tkazish dasturi qabul qilinganini ma’lum qildi.
Sharhlar