O‘zbekiston qardosh Qirg‘iziston bilan barcha sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtiradi
O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasi Urumchi shahriga tashrifi doirasida Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati yozmoqda.
“Davlat rahbarlari – Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov ikki mamlakat hukumatlari zimmasiga o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab bergan”, – deyiladi xabarda.
Ayni paytda barcha sohalarda ijobiy o‘sish dinamikasi kuzatilayotgani, muhim qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston qardosh Qirg‘iziston bilan barcha sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdorligi bildirildi.
Sharhlar