Nig‘matulla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga tayinlandi
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 95 hamda 109-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga nomzod Prezident tomonidan taqdim etiladi va Senat yalpi majlisida senatorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Shunga asosan Senatning 53-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga yangi muddatga taqdim etilgan Nig‘matulla To‘lqinovich Yo‘ldoshevning nomzodi ko‘rib chiqildi hamda maʼqullandi.
Ulashish:
Sharhlar