O‘zbekiston rus madaniy markazining 30 yilligi nishonlanadi
2024 yilda O‘zbekiston rus madaniy markazining 30 yilligi va Toshkent shahar dungan madaniyat markazining 35 yillik sanalari nishonlanadi, deb xabar bermoqda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi axborot xizmati rahbari G‘ayratulla Shukurov ma’lum qildi.
Bugungi kunda respublikada bir million yetti yuz ming tojik, 800 mingdan ortiq qozoq, 300 mingdan ziyod qirg‘iz, 40 mingdan ziyod ozarbayjon, 70 mingdan ortiq turk, 200 mingdan ortiq turkman va boshqa millatga mansub aholi istiqomat qilib kelmoqda.
Qo‘mita mamlakatdagi 27 ta millatning 157 ta milliy madaniy markazi, 38 ta do‘stlik jamiyati va xorijdagi 98 ta vatandoshlar jamiyati bilan hamkorlikda millatlararo va dinlararo totuvlikni ta’minlash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Bugungi kunda respublikada qoraqalpoq tilida 377 ta, rus tilida 744 ta, tojik tilida 470 ta, qozoq tilida 358 ta qirg‘iz tilida 47 ta va turkman tilida 41 ta maktablarda o‘z tillarida ta’lim berib kelinadi.
Milliy madaniy markazlarning yubiley sanalarini yuqori darajada o‘tkazish maqsadida davlat tomonidan yetarli mablag‘lar ajratilib berildi.
Sharhlar