O‘zbekiston Shveytsariyadan 2 ta poyezd xarid qiladi

Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Transport vazirligi Shveytsariyaning Stadler Rail kompaniyasidan 2 ta harakatlanuvchi tarkib sotib olish rejalashtirilmoqda. Bu haqida Transport vaziri Ilhom Mahkamovning Senat majlisida ma’lum qildi.

“Yangi poyezdlar mamlakatimizda sinovdan o‘tkaziladi, agar sinov muvaffaqiyatli yakunlansa, unda ushbu poyezdlardan kattaroq partiyada xarid qilinishi mumkin”, – deyiladi xabarda.

Kelgusida O‘zbekiston bo‘ylab 5 soatgacha bo‘lgan masofalarga faqat o‘rindiqli poyezdlar qo‘yilishi kutilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.